Uchinchi sir
HADYA QUVVATI
Jeraldina Vilyams xonimning baxt va muhabbat uchun kurashi ona zahmidan oyoqlarisiz va faqat birgina qo'l bilan tug'ilgan chog'danoq boshlangan edi. U oltmishinchi yillarda talidomid fojiasida abjag'i chiqqan minglab go'daklardan bin edi. Homilador ayollarga ichishga buyurilgan tinchlantiruvchi vosita ularning farzandlarida dahshatli jismoniy buzilishlar vujudga kelishiga sababchi ekani ma'lum bo'ldi.
O'z nogironlar aravachasida o'tirgan Vilyams xonim protezlangan qo'lini ko'rishish uchun uzatgan chog'da yigitcha o'zini noqulay sezdi.
 Qo'ng'irog'ingizdan shunday quvondimki, dedi Vilyams xonim, yigitchaning noqulay ahvoldaligiga e'tibor bermay, uni o'z xonasiga boshlarkan.
Keksa xitoylik bilan uchrashganimdan beri o'n yildan ko'p vaqt o'tsada, bu uchrashuvni xuddi kechagidek xotirlayman.
Vilyams xonim yigitchani divanga o'tirishga ishora qildi va aravachasini uning ro'parasiga
o'rnatdi.
   Men uni yoz oqshomida bog'da uchratgandim. Bu kollejda raqs kechasi bo'layotgan kun edi. Quyosh botar chog'ida, shu ahvolimda ota-onamdan boshqa hech kim yaxshi ko'rmasligini o'ylab o'tirganimni eslayman. Qachonlardir birov meni raqsga taklif etishini shunchaki tasavvur ham etolmasdim. Shunda yig'lab yubordim.
To'satdan mendan hol so'rayotgan erkak kishining tovushini eshitib qoldim. Nigohimni yerdan uzib, yonimda turgan kishiga qaradim... u keksa xitoylik edi. U ko'z yoshlarimni artib olishim uchun dastro'mol berdi va yonimdagi o'rindiqqa o'tirdi. U men tomon qo'lini cho'zib, qo'limdan ohista tutdi va dedi:
  Balki sizga yordamim tegar?
  Menga hech kim yordam berolmaydi,  dedim to'ng'illab.
  Nega endi?  so'radi u.
  Mening muammolarimni hal etishga qodir hech kim yo'q,  dedim.
  Mening mamlakatimda,  dedi u,  har bir yangi muammo o'zi bilan birga umrni boyita oluvchi kattaroq hadya keltiradi, deb hisoblaydilar.
  Sizni ishontirib aytamanki, mendagi muammoda umrimni boyita oladigan hech narsa yo'q,  dedim.
  Bir do'stim bor,  dedi u,  juda ajoyib inson. O'n yil avval mototsiklda ketayotgan chog'ida birdan ro'parasidan yuk mashinasi uchib chiqdi To'qnashmaslik uchun qayrilishning hech imkoni topilmay, hayotini asrab qolish maqsadida mashinaning yonidan siqilib o'tmoqdan o'zga chorasi bo'lmagan. Mashina biqinidan sirg'alib o'tib, yo'lda ketayotganida benzobak qopqog'i ochilib ketib, lahzada olov ichida qoladi. Uch kundan so'ng hushiga kelib uyg'onganida tanasining 70 foizi uchinchi darajada kuygani oqibatida achchiq og'riqlar unga azob berardi. Uning yuzi badbashara, barmoqlari kuygan, belidan pastini qimirlatolmasdi.
  Lekin unda ko'pchilikda bo'lmagan jihat 
bo'ysunmas ruh bor edi. Hatto uning xotini tashlab
ketganidan keyin ham,   bilan yashashni istamagani tufayli, uni kuygan majruh deb atardi,
 umr kechirishni davom etlirishga matonat topdi
va oxir-oqibatda millioner bo'ldi. Bu maxluq kabi
badbashara odam nogironlar aravachasida o'tirar,
hatto barmoqlari ham kuyib ketgan edi. Bundanda ortiqroq mayiblikni tasavvur etish qiyin. Tanishlaridan hech birovi uning me'yordagi umr kechirishi yoki uning ustiga o'z muhabbatini topishiga
ishonmasdi. Albatta, u qahri qattiq, o'z taqdiridan
xafa va jahldor bo'lib ketadi,  derdilar ular. Axir
nima niyatda umr kechira olsin? Bilasizmi, ularning
hammasi yanglishdilar. U qahri qattiq ham bo'lmadi, xafa va jahldor ham bo'lmadi, chunki qalbi
avval ham qanday bo'lsa shunday qolganini bilardi. Uning intila olishi mumkin bo'igan orzulari qoldi
va u ularga intildi. U juda muvaffaqiyatli biznesmenga va uni taniydigan barchaga ilhomlantinivchi manbaaga ayandi. Hatto undan-da ko'prog'i, ya'ni o'zining orzusidagi ayolni uchratdi va unga
uylandi!
Men keksa xitoylikga o'girildim.
  Shunday kishi rostdan ham bormi?  deb so'radim.
  Bu odam hayotiga oddiy va to'g'ri munosabatda bo'Iardi: hayotni yoki o'lmni tanlash mumkin. U o'limga tayyor emasdi.
Shunda choldan do'sti muhabbatini topishning qanday yo'lini amallaganini so'radim. Qariya go'yo bu o'z-o'zidan bo'lganday  dedi:
 Har qanday inson kabi. U Haqiqiy Muhabbat
sirlariga amal qilgan.
  O'shanda men ilk bor bu sirlar to'g'risida eshitdim; keksa xitoylik aytganidek, o'nta tamoyil yordamida har bir inson hayotiga nafaqat oddiy muhabbatni, balki behad ko'p muhabbatni kiritishi
mumkin.
  To'g'ri bo'lib chiqishi uchun quloqqa juda
yoqimli eshitiladi,  dedi yigitcha.
  Men ham shunday deb o'ylagandim, lekin bu sirlar menga amalda yordam berdi. Agar ular menga ko'maklashgan bo'lsa, demak har bir insonga yordami tegishi aniq.
Hayotimga eng kuchli ta'sir etgan sir... hadya
quvvati bo'ldi.
  Hadya?  takrorladi yigitcha.
  Ha. Men uchun hadya  bu barcha sirlar orasida eng ajoyibi, axir u shunchalar oddiy  agar muhabbat olishni istasangiz, uni faqat hadya qilishingiz mumkin. Qancha ko'p hadya etsangiz, shuncha ko'p o'zingiz olasiz.
 So'zlaringiz ma'nosini unchalik anglolmayapman,  dedi yigitcha o'zining doimiy hamrohi bo'igan yondaftarchasi va ruchkasini olib.  Misol keitira olasizmi?
 Siz birovga tabassum bilan qarasangiz, odatda nima ro'y beradi?
- Menga ham jilmaydilar, - deb javob berdi yigitcha.
 Agar kimnidir quchoqlasangiz, u albatta sizni bag'riga bosadi. Yaxshi so'z, sovg'a, telefon qo'ng'irog'i, maktub... nima bo'lsa ham, insonga u haqda qayg'urayotganingizni ko'rsatsangiz, u sizga qaytib keladi.
  Lekin har bir kishi ham shunday javob bermaydi-ku,  dedi yigitcha.
  Har bir kishi emas, lekin ko'pchilik. Muhabbat bumerangga o'xshaydi, u doimo o'zingizga qaytib keladi. Balki har doim ham siz bergan kishidan qaytmas, lekin baribir u sizga qaytadi.
Lekin doimo shuni esda tutish kerakki, moddiy mulk va puldan farqli ravishda, bizda muhabbat zahirasining cheki-chegarasi yo'q. Biz uni hadya etganda yo'qotmaymiz. Aslida muhabbatni yo'qotishning yagona usuli ichimizda  bu uni boshqalarga bermaslik.
 Lekin ayrim kishilarni yaxshi ko'rish bu vaqtingiz va quvvatingizni behuda sovurish bilan teng,  dedi yigitcha.
  Nima uchun?  so'radi Vilyams xonim.
  Chunki ko'p kishilarning ichi nafratga to'la. Ularning qalbi bo'm-bo'shdek.
  Ijozatingiz bilan sizdan shuni so'rasam,  dedi Vilyams xonim.  Mabodo sizda ajabtovur gullaydigan o'simliklar va gullarning urug'i bo'lsa, ularni qayerga ekardingiz? Ajoyib o'rmonlargami, yashnagan qalin ko'm-ko'k maysazorlargami yoki , biy dalagami?
  Nimaga sha'ma qilayotganingizni unchalik tushunolmayapman,  dedi yigitcha.
  Aytmoqchimanki, qanday yerga ko'proq
urug' qadash zarur va qanday yerda urug'lar sezilarli natija beradi?
  Biy dalada.
  Yashang. Agar urug'lar muhabbat bo'lsachi, ular ko'proq qayerda kerak? Muhabbatga to'la yuraklardami yoki yolg'iz, qahri qotgan, muhabbatga tashna qalblardami?
 Nima demoqchiligingizni endi tushundim,  dedi yigitcha.  Lekin bu har doim ham biunchalik oddiy emas-da.
 Tabassum qilish uchun xo'mrayishga qancha kuch zarur bo'lsa, shuncha quvvat sarflaysiz; do'stona qo'llab-quvvatlovchi so'z aytish uchun tanqidga qancha vaqt ketsa, shuncha vaqt zarur. Boshqalarga muhabbatli munosabatda bo'lishni tanlashimiz bemehr yoki loqayd bo'lish kabi oson.
Muammolardan biri shuki, bizlardan ko'pchiligimiz birinchi bo'lib hadya etishni istamaymiz, bizga berganlaridan keyin beramiz. Muhabbat ko'pincha ko'p ta'ma bilan beriladi; Meni sevgan taqdirdagina seni sevaman, deymiz. O'zga kishi birinchi qadam qo'yishini har doim kutamiz. Odamlar muhabbatni boshdan kam kechirishlarining sabablaridan biri ham to ularni kimdir sevib qolmagunga qadar kutib yuraverishlaridir. Bu musiqachining: Odamlar raqs tusha boshlaganlaridan so'ng musiqa chalaman deyishiga o'xshaydi.
Haqiqiy muhabbat ta'masiz, u evaziga hech nima so'ramaydi. Bir kuni suyak iligini ko'chirib o'tkazish zaruriyati bo'lgan kichik qizaloq haqida ajoyib voqeani o'qib qoldim. Uning baxtiga ukasining qoni to'g'ri kelarkan. Shifokorlar bolakayga agar yangi qon quyilmasa, opasi nobud bo'lishi mumkinligini tushuntirishdi. Lekin har qanday qon to`g`ri kelmasligi, aynan uning qoni zarurligini aytdilar. Bolakay hech shakshubhasiz opasiqa yordam benshga rozi bo'ladi. Lekin narkoz berishlaridan oldin bolakay jarrohdan so'rabdi: Men o'lganimda og'riq sezamanmi? Hali yetti yoshga to'lmagan kichkintoy o'zining hamma qonini va demak, opasini qutqarish uchun o'zining umrini ham berayotganini o'ylagan. Endi siz shu bolaning opasiga bo'lgan muhabbatiday toza, haqiqiy  mehrni topa olasizmi?
  Ha. Lekin oilangiz a'zolarini yaxshi ko'rish osonroq, to'g'rimi? dedi yigitcha.
  Shart emas. Ayrim kishilar o'z oila a'zolarini | nafaqat yaxshi ko'rmaydilar, balki ularni ko'rarga ko'zlari yo'q.
Yigitcha bosh irg'adi. U bola chog'ida hech kim nazarga ilmay, unga zarracha e'tiborsiz o'sgan va o'z oilasiga nisbatan nafrat bilan katta bo'lgan Milli Xopkinsni esladi.
  Hammamizni yagona Xudo yaratgan,  davom etdi Vilyams xonim.  Barchamiz bir qon va jismdan iboratmiz. Aslida barchamiz bir oila a'zolarimiz. Nazarimda, muhabbatning ma'nisi ham boshqalarda o'zingizni ko'ra bilish qobiliyati borligida.
  Shunday, ko'rdingizmi, agar Haqiqiy Mu-habbatga yetish niyatida bo'lsangiz, siz hech bir gap-so'zsiz, evaziga hech nima talab etmay muhabbatni hadya etishga hozir bo'lishingiz darkor. Aks holda bu muhabbat emas. Sovg'a  agar u pul evaziga berilsa, sovg'a bo'lmaydi, muhabbat esa shart bilan berilsa, muhabbat bo'lmaydi. Shu sababli hadya va muhabbat quvonchini tuyishning mo'jizaviy usullaridan biri - shunchaki yaxshi ish qilish amalidir.
   Nimani nazarda tutyapsiz?   so'radi yigitcha.
  Shunchaki yaxshiliklar qilish, hayot quvonchlaridan tashqari hech qanday boshqa sabablarsiz, o'z-o'zidan hadya qilish. Ko'chada g'amgin ko'ringan odamni ko'rib, unga guldasta sovg'a qilish. Yoki birovga shirin so'z aytib, uning kayfiyatini ko'tarish. Insonni ajablantiradigan va uning chehrasida tabassum uyg'otadigani  bu shunchaki mehribonchilik ko'rsatish esa muhabbatni yaratadi. Bu muhabbatni qaysi insonga bergan bo'lsangiz, albatta unda butun umrga qoladi.
Yigitcha qisqa yozuvlar yozdi. Unga Yaxshi-liklarni shunchaki qiling degan so'zlar yoqib ketdi.
   Shunchaki hadya etish va yaxshilikni shunchaki qilish hayotingizga rostdan muhabbat kiritishiga ko'maklashdi deb hisoblaysizmi?  so'radi u.
 Albatta. Bu o'zimga nisbatan munosabatimni o'zgartirdi. Umr bo'yi o'zimni qurbon sanardim, lekin hadya qilish quvvati yordamida, garchi majruh bo'lsamda boshqalar uchun qilishim mumkin bo'lgan ko'p narsa borligini va o'zgalar hayotini yaxshi tomonga  o'zgartira olishimni tushunib yetdim.
Siz qachon bo'lsa ham, birovga shunchaki qayg'urib, hech qanday yashirin maqsadsiz, beg'araz nimadir qilganmisiz?
Yigitcha bosh irg'adi.
  Albatta.
U bir necha hafta oldin yoshgina juvon zinapoyadan yuqoriga aravachani qiynalib itarayotganidagi voqeani xotirladi. Hamma ishga shoshayotgani bois, uni payqamay, yonidan o'tib ketishardi. U to'xtab, ayolga aravachasini zinapoyadan chiqarishga ko'maklashib yubordi.
- O'zingizni qanday his qilgansiz? O'zingizdan xursand bo'lgansiz, shundaymi?
Yigitcha yana bosh irg'adi. U o'zida yo'q shod edi. Ayolga yordam bergani unga quvvat bag'ishlagandek edi.
 Bu hadya quvvati,  dedi Vilyams xonim.  U nafaqat muhabbatni his etish, balki haqiqiy sevgi munosabatlarini qurishga yordam beradi.
  Nima uchun? so'radi yigitcha.
  Bu oddiy: o'zaro munosabatlarda nimani olishga emas, balki nimani berishga e'tibor bersangiz, hech yanglishmaysiz. Barcha o'zaro munosabatlar mazmun-ma'nosi berish va olishda, rozimisiz?
 Ha 
  Mabodo berishga nisbatan ko'proq olishni istasangiz, har qanday munosabatlarda, albatta muammolarga duch kelasiz. Boshqa tomondan, juftingizga nima bera olishingiz haqida o'ylasangiz, zinhor yanglishmaysiz. Bir umrlik o'zaro munosabatlarga kirishishdan avval ko'pchilik ' faqat jufti unga nima qila olishi to'g'risida o'ylaydi. Agar ular boshqa tarafdan qarab, Men juftim uchun nima qila olaman? degan savol bersalar, ulardan shunchaki nima olishga emas, o'zaro munosabatlarga qanday hissa qo'shishga e'tibor bergan bo'lardilar. Bunday yaxshi ko'rish munosabati juftlikda faqat muhabbat yaratishga yordam bera oladi.
Yigitcha shu haqda o'ylab ko'rdi va qanchalik ko'p o'ylagan sari, unga bu shunchalik oqilona tuyulardi. U doimo muhabbatni o'zga kishilardan olish mumkin deb hisoblardi. Sevgi hissini berib tuyish mumkinligi uning kallasiga hech kelmagandi. Ehtimol, u avvalgi o'zaro munosabatlarda aynan shunda yanglishgandir; u o'zga birovga nimadir
bera olish to'g'risida emas, faqat juftidan unga nima kerakligi haqida o'ylagandi.
 Besh yil ilgari bo'lib o'tgan mutlaqo aql bovar qilmas voqeani so'zlab berishimga ijozat bersangiz. Meksikadagi dorilarga bog'liq janjal haqidagi televizion hujjatli film ko'rib o'tirardim- G'arb mamlakatlarida man etilgan talidomid 25 yil o'tsada, hali ham shunday buyurilardi.
  Bunga aql bovar qilmaydi,  dedi yigitcha boshini chayqab.
  Bilaman. Ko'zlarimga ishonmasdim. Shunchalar ko'p go'daklar bema'ni va dahshatli tarzda badbashara etilganlar. Bir mittigina qizaloq diqqatimni o'ziga tortdi. U yetti yo sakkiz yoshlarda bo'lib, xuddi mendek oyoqsiz tug'ilgan, lekin shu bilan birga uning yuzi ham badbashara edi. U o'zini eplashga o'rgangan bo'lsada, har kuni benihoya og'riq sezar va uning kelajagi g'oyat g'amgin ko'rinardi.
Qizaloq me'yorida harakatlanishi va yuzini kosmetik operatsiyasiga zarur bo'lgan tibbiy davolanishga chorasi yo'q qashshoq oiladan edi. Uning protezlari g'oyat ibtidoiy bo'lgani yetmagandek, yomon qo'yilgan va juda noqulay edi. U og'riqdan yurishga qiynalar, protezlarini yechmasdan o'tirolmasdi. Ishonasizmi, maktab avtobusi haydovchisi unga sun'iy oyoqlarini yechmasdan o'tirolmasligi sababli avtobusda yurishga ruxsat etmabdi!
Yigitcha bu gapga ishonolmasdan boshini chay-qadi.
  Men unga yordam berish kerakligini darhol angladim. Bir kuni muhabbat  faqatgina o'zingni boshqalarda topa olishing va o'zingni tanigandan quvonishingdir, deb o'qigandim. Shu paytgacha buning ma'nosini haqiqatda anglamagandim. Men
bu gizaloqda nafaqat shunchaki majruh va omadsiz qizni, balki unda o'zimni ko'rdim. Bizni umumiy mayiblik bog'lab turardi. Umrimda birinchi bor azoblarimning qandaydir maqsadi borligini o'yladim.
Keyingi bir necha oy davomida bu qizaloq uchun yangi sun'iy oyoqlar yasash va uning o'tira olishiga yordam beradigan zaruriy fizioterapevtik davolashga pul yig'ish kompaniyasini boshladim. Uning jismoniy badbasharaligini to'g'rilash uchun plastik operatsiya qilishga yordam berishni ham behad istardim. Shu bois kechalar, lotereyalar, xayriya bozorlari tashkil etardim va kimdan bo'lsa ham, qayerdan bo'lsa ham xayriya mablag'lari so'rardim. Sakkiz oydan keyin mablag' yig'dim va hatto yirik jarrohkosmetologni zaruriy operatsiyani bepul qilishga ko'ndirdim.
Davolash choralari va yangi oyoqlar qo'yilganidan so'ng u bilan uchrashishga bordim va u meni ko'rgani zahoti ko'zlarida to'la yosh bilan bo'ynimdan mahkam quchgancha xitob qildi: Rahmat, rahmat, rahmat, bu takror va takror davom etdi. O'shanda shunchalik muhabbatni ilk bor ortig'i bilan sezdimki, o'zimni tutolmay ho'ngrab yig'lardim. Bu qizni bag'rimga bosgancha o'sha kundagiday hech qachon avvallari quvonchdan yig'lamagandim.
Keksa xitoylik mendan: Kimda mayiblik ko'proq? Yurolmaydigan yoki gapirolmaydigan, eshitolmaydigan yo ko'rolmaydiganmi yoxud kulish, yig'lash va sevish qobiliyatidan mahrum kimsadami? deya so'ragan chog'ida nimani nazarda tutganini faqat o'shanda anglay boshladim. Men birinchi bor angladim, hatto mening majruhlik jismoniy holatimda ham, boshqa hamma kishilar
singari, men ham ich-ichimdan xuddi shunday ekanman. Shu kuni shaxsiy qiyinchiliklarim va olamdagi barcha yolg'on va og'ir mehnatga qaramasdan, yuragimizni muhabbatga to'ldirolsak, hayot shunchalik ajoyib bo'lishi mumkinligini angladim.
Bir yildan so'ng mehribon, g'amxo'r, ajoyib inson bo'lgan erkakni uchratdim. U men borib turadigan mahalliy jamoatchilik markazida ijtimoiy xodim edi. Biz darhol bir-birimizga yoqdik, nima bo'lganini bilmaymanu, lekin birinchi nigohdanoq nimadir sodir bo'ldi. Tez orada biz yaqindan do'stlashib qoldik va bir necha oy o'tib, haqiqatda men orzu etgan mo'jiza ro'y berdi... u meni raqsga taklif etdi.
Bir yildan keyin turmush qurdik va hozir ikki nafar ajoyib farzandimiz bor. Mana, ko'rdingizmi, keksa xitoylik haq edi  har bir muammo o'zi bilan birga umringizni boyita oladigan kattaroq hadya olib keladi. To o'zingizning bir bo'lagingizni hadya qilishga qodir ekansiz, to nima bilandir birovga yordam bera olarkansiz, muhabbatni topishga layoqatlisiz.
Shu kuni yigitcha Vilyams xonim bilan uchrashgan chog'da yozganlarini qayta o'qib chiqdi. 

    Haqiqiy Muhabbatning uchinchi siri  hadya qilish quvvati.

* Muhabbatga erishmoqchi bo'lsangiz uni oddiygina hadya etish zarur! Qancha ko'p mehr bersangiz, uni shuncha ko'p olasiz.
* Sevish  o'zingning bir parchangni bepul va beminnat hadya etish demakdir.
* Mehringizni osongina amalda ko'rsating.
* O'zaro munosabatlarga kirishishdan avval o'zingizdan birov sizga nima bera olishi to'g'risida emas,  unga nima berishingiz mumkinligini so'rang.                                                           
* Butun umr davom etuvchi baxtli sevqi munosabatlarining sirli ifodasi doimo nima olish mumkinligiga emas, nima bera olishingizga e'tibor qaratish dan iborat.
